Maxfiylik siyosati
Oydin salomatlik haqidagi shaxsiy maʼlumotlar bilan ishlaydi. Shuning uchun nima yigʻilishi, qayerda saqlanishi va kim koʻra olishi shu yerda ochiq yozilgan.
Qanday maʼlumotlar yigʻiladi
Google hisobingizdan: ismingiz, elektron pochtangiz va profil rasmingiz. Bular sizni tanib olish va ilovada ismingiz bilan murojaat qilish uchun kerak.
Tugʻilgan yilingiz — meʼyorlar yoshga qarab farq qilgani uchun.
Siz kiritgan maʼlumotlar: hayz kunlari, qon ketishi darajasi, belgilar, kayfiyat va izohlar; tanishuvda bergan javoblaringiz (sikl uzunligi, hayz davomiyligi, eʼtibor bermoqchi boʻlgan jihatlar).
Siz uchun yozilgan reja matni va toʻlov soʻrovlaringiz (tarif, sana, holat).
Qayerda saqlanadi
Maʼlumotlar himoyalangan serverlarda, faqat sizning hisobingizga bogʻlangan holda saqlanadi. Belgilagan kunlaringiz telefoningizda ham saqlanadi — shuning uchun ilova internetsiz ham ochiladi.
Kim koʻra oladi
Faqat siz. Kunlaringiz, belgilaringiz va rejalaringizni Oydin koʻrmaydi. Xizmatni yuritish uchun faqat hisobingiz haqidagi umumiy maʼlumot — ism, pochta, obuna holati — va toʻlov soʻrovi (tarif, sana, siz yuborgan chek rasmi, ixtiyoriy kiritgan karta raqamining oxirgi toʻrt raqami) koʻriladi.
Boshqa foydalanuvchilar sizning hech qanday maʼlumotingizni koʻra olmaydi.
Reja qanday tayyorlanadi
Reja sizning yozuvlaringiz asosida avtomatik tayyorlanadi: ismingiz, sikl uzunligi, bosqich va siz qayd etgan belgilar hisobga olinadi. Reja tayyor boʻlgach, bu maʼlumotlar boshqa hech qayerda saqlanmaydi va boshqa maqsadda ishlatilmaydi.
Kirish Google hisobingiz orqali amalga oshadi; parolingiz Oydinga yetib bormaydi.
Oydinda reklama yoʻq. Maʼlumotlaringiz faqat ilova sizga ishlashi uchun ishlatiladi.
Saqlash muddati va oʻchirish
Maʼlumotlar siz ilovadan foydalanar ekansiz saqlanadi. Hisobingizni va barcha maʼlumotlaringizni — kunlar, rejalar, toʻlov soʻrovlari va kirish hisobini — Profil sahifasidagi «Hisobni oʻchirish» tugmasi bilan oʻzingiz darhol oʻchirasiz. Bu qaytarib boʻlmaydi. Savol boʻlsa, quyidagi manzilga yozing.
Kim foydalanishi mumkin
Ilovadan 14 yoshdan boshlab foydalanish mumkin. Qonunga koʻra bu yoshgacha maʼlumotlarga rozilikni ota-ona yoki qonuniy vakil beradi.
Tugʻilgan yilingizni tanishuvda soʻraymiz: meʼyorlar yoshga qarab farq qiladi.
Tibbiy maslahat emas
Oydin tashxis qoʻymaydi, dori tavsiya qilmaydi va shifokor oʻrnini bosmaydi. Barcha hisoblar taxminiy. Xavotirli belgi sezsangiz shifokorga murojaat qiling.
Aloqa
Savol yoki soʻrov boʻlsa: azeezbussiness@gmail.com
Kuchga kirgan sana: 2026-yil 15-sentabr
