Asosiy qismga oʻtish

Hayz kalkulyatori

Oxirgi hayzingiz boshlangan sanani kiriting — keyingi hayz, ovulyatsiya va unumdor kunlar darhol hisoblanadi.

Kiritganlaringiz hech qayerga yuborilmaydi va saqlanmaydi.

Aniq eslamasangiz, taxminiy sana ham boʻladi.

Hayz boshlanishidan keyingisigacha.

Odatdagi davomiyligi.

Savollar

Keyingi hayz qanday hisoblanadi?

Oxirgi hayz boshlangan kunga odatdagi sikl uzunligingiz qoʻshiladi. Masalan, hayz 1-sentabrda boshlangan va sikl 28 kun boʻlsa, keyingisi taxminan 29-sentabrda kutiladi. Sikl har oy bir necha kunga farq qilishi mumkin, shuning uchun sana taxminiy. Oydinda kunlaringizni belgilasangiz, hisob oʻz sikllaringizga qarab aniqlashib boradi.

Qanday sikl meʼyorda hisoblanadi?

Kattalarda sikl odatda 21 kundan 35 kungacha davom etadi, oʻrtachasi — 28 kun. Hayzning oʻzi odatda 2–7 kun davom etadi. Hayz boshlanganidan keyingi dastlabki yillarda sikl 21–45 kun boʻlishi ham odatiy.

Ovulyatsiya qachon boʻladi?

Odatda keyingi hayzdan 10–16 kun oldin. Kalkulyator keyingi hayzdan 14 kun oldingi kunni oladi, 25 kundan qisqa sikllarda esa 12 kun oldingi kunni. Shuning uchun ovulyatsiya har doim ham sikl oʻrtasida boʻlmaydi: sikl uzun boʻlsa — kechroq, qisqa boʻlsa — oldinroq.

Unumdor kunlarga qarab homiladorlikdan saqlanish mumkinmi?

Yoʻq. Unumdor kunlar — ovulyatsiyadan oldingi 5 kun va ovulyatsiya kunining oʻzi: homilador boʻlish ehtimoli shu kunlarda eng yuqori. Lekin bu hisob taxminiy — ovulyatsiya har oy bir kunda boʻlmaydi va oldinroq ham boʻlishi mumkin. Shuning uchun uni homiladorlikdan saqlanish usuli sifatida ishlatmang.

Hayz kechiksa nima qilish kerak?

Bir necha kunlik kechikish koʻpchilikda uchraydi: sikl har oy bir xil boʻlmaydi. Hayz 90 kundan ortiq kelmasa yoki kechikish sizni xavotirga solsa, shifokorga murojaat qiling.

Qachon shifokorga koʻrinish kerak?

Quyidagi hollarda shifokorga koʻrining:

  • hayz 90 kundan ortiq kelmasa;
  • sikl 21 kundan qisqa yoki 35 kundan uzun boʻlsa (oʻsmirlarda — 45 kundan uzun);
  • hayz 7 kundan uzoq davom etsa;
  • qon juda koʻp ketsa: gigiyenik prokladkani har 1–2 soatda almashtirishga toʻgʻri kelsa;
  • hayzlar orasida qon ketsa;
  • ogʻriq kuchli boʻlib, kundalik ishlaringizga xalal bersa.

Oydin tashxis qoʻymaydi, dori tavsiya qilmaydi va shifokor oʻrnini bosmaydi. Barcha hisoblar taxminiy. Xavotirli belgi sezsangiz shifokorga murojaat qiling.